Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizasiya qilishda QQSning “0” stavkasi joriy etiladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizasiya qilishda QQSning “0” stavkasi joriy etiladi

Navoiy viloyati Karmana tumani hududida faoliyat yuritayotgan issiqxona xo‘jaligida soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi soliq imtiyozlari va ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Ma’lum qilinishicha, tegishli Farmonga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizasiya qilishda (paxta va g‘alladan tashqari) qo‘shilgan qiymat solig‘ining “0” stavkasi qo‘llaniladi.

Yangi tartibga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklari xarid qilingan tovar va xizmatlar uchun to‘langan QQS summasini 3 kun muddatda avtomatik ravishda qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa:
— aylanma mablag‘larni tezkor tiklash;
— moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash;
— mahsulot tannarxini pasaytirish;
— ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Issiqxona xo‘jaligi rahbari mazkur yangilik zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, eksport salohiyatini kuchaytirish hamda ichki bozorni sifatli sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!