Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi yerlariga 9 oyda183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Qishloq xo‘jaligi yerlariga 9 oyda183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Qishloq xo‘jaligi yerlariga 2025 yilning yanvar— sentyabr oylarida 183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu muddat ichida qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash borasida 90 mingga yaqin nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlaridagi mutaxassislar tomonidan esa 13 095 ta tekshiruv o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha 7 mingga yaqin ma’muriy jarima qo‘llangan.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda ham 1 980 ta holatda 321 gektar yer maydonida qonunbuzilishlar fosh bo‘ldi. Yerlarni o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqargan jismoniy va yuridik shaxslarga 183 milliard 326 million so‘m miqdorida zarar hisoblandi.

G‘o‘za maydonlaridan 21,7 ming gektari navdorlik ko‘rsatkichlari standart talabiga javob bermasligi aniqlanib, urug‘lik olish uchun yaroqsiz deb topildi.

2026 yil hosili uchun qayta ishlangan urug‘lik donlardan 3,2 ming tonnasi sifatsiz ekani aniqlanib, ekilishi va sotilishi taqiqlandi. Shu kunga qadar 207,5 ming tonna urug‘lik donga ekinboplik sertifikati berilgan.

Kiritildi: 12:27 15.10.2025. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!