Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qishda «Real»ga hech kim kelmaydi

Qishda «Real»ga hech kim kelmaydi

"Real" qishki transfer oynasida futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olmaydi.

Madrid klubi bilan bog‘liq masalalarga ixtisoslashgan jurnalist Mario Kortegananing yozishicha, "qaymoqranglilar"ning yanvar oyidagi transferlar uchun umumiy qoidasi bor: "Yanvar oyida yaxshi futbolchilarni sotib olish mumkin emas, agar mumkin bo‘lsa, ularning narxi juda yuqori."

18 turdan so‘ng "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 42 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda. Keyingi turda Madrid klubi o‘z maydonida "Betis"ni qabul qiladi. Uchrashuv 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng "Real" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 23:39 26.12.2025. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!