Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Qirol yo‘q!" AQShda minglab odamlar hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

"Qirol yo‘q!" AQShda minglab odamlar hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

Shanba kuni AQSh bo‘ylab minglab odamlar prezident Donald Trampning o‘z vakolatini suiiste’mol qilganiga javoban "Qirollar yo‘q" shiori ostida namoyish o‘tkazdi.

Amerika OAVlari xabar berishicha, faollar ayniqsa uning immigrasiya siyosati va Amerika shaharlariga Milliy gvardiya qo‘shinlarining kiritilishidan norozi.

Namoyishlarni tashkilotlar koalisiyasi, jumladan Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi, Individible, 50501 va boshqalar boshqarmoqda.

Tashkilotchilar o‘sha kuni AQSh bo‘ylab kamida 2600 namoyishlar, jumladan Nyu-York, Vashington, Chikago va Los-Anjeles kabi yirik shaharlarda millionlab odamlar ishtirok etishini taxmin qilmoqda. Ular buni "zamonaviy Amerika tarixidagi eng yirik tinch namoyish" deb atashadi.

"Ularni oddiy odamlar, ko‘ngillilar uyushtirgan", dedi Deyrdre Shifeling, Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqining siyosat va targ‘ibot bo‘yicha direktori, ABC Newsga.

Kiritildi: 09:30 19.10.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!