Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga tayyor emas

Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga tayyor emas

Chexiyada parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Norozi fuqarolar harakati” (ANO) partiyasi yetakchisi, milliarder Andrey Babish Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilishga qarshi chiqdi.

"Siz Yevroittifoq uchun tayyor emassiz, avval urush yakunlanishi kerak. Albatta, biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin, lekin siz hali Yevroittifoq a’zoligiga tayyor emassiz", — dedi Babish Ukrainaning “Suspilne” telekanali muxbiriga.

Siyosatchi Ukrainaga harbiy yordam borasida izoh berar ekan Chexiya bu yordamni Yevropa Ittifoqi orqali ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

"Evroittifoq Ukrainaga yordam bermoqda, bu yordam YEI byudjetida nazarda tutilgan, biz bu byudjetga katta mablag‘ to‘laymiz, demak, yordamni davom ettiramiz", — dedi ANO yetakchisi.

Shuningdek, u Rossiyaning 2014 yildagi tajovuzi va Qrim annekciyasidan beri Ukrainani qo‘llab-quvvatlab kelayotganini bildirdi.

Chexiyadagi parlament saylovlarida Babishning ANO partiyasi 34,5 foiz ovoz olib, hukmron SPLOU blokini (23,4%) va markazchi STAN partiyasini (11,2%) ortda qoldirdi. AQSh prezidenti Donald Trampning tarafdori bo‘lgan Andrey Babish oldin Chexiyada moliya vaziri va bosh vazir lavozimlarida ishlagan, ammo so‘nggi yillarda muxolifatda edi. Endi u “Avvalo Chexiya” shiori ostida hokimiyatga qaytmoqda.

Chexiya prezidenti Petr Pavel yangi hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 21:37 05.10.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!