Gruziya hukumati kecha Tbilisidagi namoyishlarda qurolli to‘ntarishga urinish harakati bo‘lganini ma’lum qildi
"Tbilisidagi prezident saroyini qurolli kuch bilan egallash rejalashtirilgan edi. Buning uchun qo‘llanilishi mo‘ljallangan “katta miqdordagi qurollar” musodara qilindi. Qurollar Ukrainada faoliyat yuritayotgan bir guruhdan sotib olingan", deyiladi Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati bayonotida.
Shuningdek, Tbilisiga qurol va portlovchi moddalarni yetkazib berishi kerak bo‘lgan shaxslar ham zararsizlantirilgani bildirildi.