Dortmundning "Borussiya" klubi qanot hujumchisi Karim Adeyemi "Barselona" qiziqishlari doirasida. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri ma’lum qildi.
Manbaga ishonadigan bo‘lsak, mavsumni juda kuchli o‘tkazayotgan 23 yoshli hujumchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Hozircha futbolchi "Borussiya" bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q, shartnoma muddati esa 2027 yilda tugaydi. Ta’kidlanishicha, agar tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmasa, unda "asalarilar" nemisni keyinchalik tekinga qo‘yib yubormaslik uchun sotishga tayyor bo‘ladi.
Adeyemi joriy mavsumda barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga hammualliflik qildi.