Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushdi

Qirg‘izistonda SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushdi

Starlink saytidagi jahon xaritasida Qirg‘iziston hududi faollashtirildi. Shuningdek, saytda qirg‘iz va rus tillarida “Qirg‘iziston” sahifasi paydo bo‘ldi, unda tarmoq va qirg‘izistonlik mijozlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Starlink terminali avtomatik ravishda yo‘ldoshlar bilan bog‘lanib, 50 dan 220 Mbit/s gacha bo‘lgan yuklash tezligini ta’minlaydi. Komplekt tarkibiga antenna, router va kabellar kiradi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev videokonferensaloqa rejimida Issiqko‘l viloyatining Enilchek tog‘li qishlog‘idagi umumta’lim maktabida yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishini boshlab berdi.

Markaziy Osiyoda xizmat faqat Turkmaniston va O‘zbekistonda mavjud emas. O‘zbekistonda Starlink loyihasini mamlakatga olib kirish masalasi 2022 yildan beri muhokama qilinadi.

Kiritildi: Bugun 17:17. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!