Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda muxolif siyosatchilarga nisbatan keng ko‘lamli tintuv va so‘roqlar o‘tkazildi

Qirg‘izistonda muxolif siyosatchilarga nisbatan keng ko‘lamli tintuv va so‘roqlar o‘tkazildi

The Insider: Qirg‘izistonda muxolif siyosatchilarga nisbatan keng ko‘lamli tintuv va so‘roqlar o‘tkazildi, sobiq prezidentning oila a’zolari qo‘lga olindi.

Nashrning xabar berishicha, kamida 8 nafar shaxsning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. Shuningdek, amaldagi prezident Sadir Japarovni tez-tez tanqid qilib kelayotgan sobiq prezident Almazbek Atambayevning oila a’zolari qo‘lga olingan.

"Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning barcha harakatlari rasman bitta jinoyat ishi “ommaviy tartibsizlikka chaqiriqlar” bilan bog‘langan. Barcha harakatlar bir modda bilan umumlashtirilgan bo‘lsa-da, operasiyalar miqyosi, qo‘lga olingan siyosatchilar soni, ularni oila a’zolarining ushlanishi keng jamoatchilikda katta rezonansga sabab bo‘ldi", deyiladi The Insider xabarida.

Qo‘lga olinganlarning ko‘pchiligi amaldagi hukumatni tanqid qilgan yoki muxolifat bilan bog‘liq deb hisoblangan siyosatchilardir. Ularning yaqinlari buni “siyosiy bosim” deb atamoqda.

Kiritildi: 16:03 23.11.2025. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!