Qirg‘iziston hukumati elektr energiyasini tejash maqsadida davlat xizmatchilari uchun yangi tartib joriy etdi.
Unga ko‘ra, yoz mavsumida amaldorlarga kostyum va galstuk o‘rniga yengil kiyimda ishlash tavsiya etiladi.
Bosh vazir Odilbek Qosimaliyevning aytishicha, bu chora ofislarda kondisionerlardan foydalanishni kamaytirib, elektr sarfini tejashga xizmat qiladi.
Hukumat bu borada Yaponiyaning “Cool Biz” tajribasini namuna sifatida keltirgan.