Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari chegara masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari chegara masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Vazirlar Mahkamasi Raisi Adilbek Qosimaliyev, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv uch davlat – Qirg‘izistonning Botken viloyati, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati chegaralari tutashgan joyda bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar uchrashuv uch mamlakat davlat rahbarlari o‘rtasida davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida bo‘lib o‘tganini qayd etdi.

Uch mamlakat bosh vazirlari savdo, logistika, suv-energetika va madaniy-gumanitar aloqalar kabi sohalarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash salohiyatiga ega ekanini ma’lum qildi. Hamkorlikning muhim tarkibiy qismi, ularning fikricha, transchegaraviy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishdir.

Bundan tashqari, uchrashuvda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitasiya qilish va “Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risida”gi shartnomaga ratifikasiya hujjatlari almashish jarayoni yakunlangani qayd etildi.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi 2024 yil 4 dekabrdagi davlat chegarasi to‘g‘risidagi kelishuvda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash jarayonini yakunlash muhimligi qayd etilgan.

Kiritildi: 14:22 08.01.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!