Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani delimitasiya qilish doirasida vaqti-vaqti bilan ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelgan hududlarni almashdi.
Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov “Kabar” davlat axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi report.az.
“Er almashishda ikkala tomon ham strategik maqsadlarga amal qilmagan. Biz faqat doimiy ravishda nizolar kelib chiqqan hududlarni almashdik”, dedi u 21 fevral kuni Tojikiston bilan chegaralarni delimitasiya qilish bo‘yicha imzolangan hujjatni sharhlar ekan.
Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida almashilgan yer uchastkalari yo anklavlar yoki chegara bo‘ylab shaxmat shaklida joylashgan.
Qirg‘iziston Prezidenti Tojikiston bilan chegara masalasi “abadiy hal etildi” deb ishontirdi.
“Bo‘ldi, oxiri nuqta qo‘yildi, har ikki tomon manfaati inobatga olindi. Hali chegara haqida gap ko‘p. Lekin hali vaqti kelmadi. Hammasi tugasin, keyin aytamiz. Shunda bizni tarix baholaydi. Ishonchim komilki, u bizga “a’lo” baho qo‘yadi”, dedi Sadir Japarov.