Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘iziston Rossiya elchisiga norozilik notasini topshirdi

Qirg‘iziston Rossiya elchisiga norozilik notasini topshirdi

Qirg‘iziston TIV 11 aprel kuni Moskvadagi “Bodrost” hammom majmuasida qirg‘izistonliklarning hibsga olinishi tufayli Rossiya elchisiga norozilik notasini topshirdi.

"Rossiya tomoniga rasmiy norozilik notasi topshirildi, unda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan operasiya asoslari hamda Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan kuch ishlatish holatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Agar fuqarolarimizga nisbatan kuch ishlatish holati huquqiy asosga ega bo‘lmasa, Moskva shahridagi huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi so‘raldi", deyiladi Qirg‘iziston TIV bayonotida.

Nota Rossiyaning Bishkekdagi elchisi Sergey Vakunovga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev tomonidan topshirildi. Imangaziyev Qirg‘iziston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni so‘radi.

"Bu Qirg‘iziston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin", deyiladi qirg‘iz diplomatik idorasi xabarida.

Kiritildi: 14:31 14.04.2025. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!