Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston prezidenti bugun mamlakat xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazadi

A A A
Qirg‘iziston prezidenti bugun mamlakat xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazadi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 8 avgust kuni mamlakat xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazadi.

U o‘zining bir haftalik ta’tilini to‘xtatib, Bishkekka qaytgani va kunning birinchi yarmida kengash yig‘ilishini o‘tkazishi bildirilmoqda.

7 avgust kuni Bishkekdan 20 kilometr uzoqdagi Qo‘ytosh qishlog‘ida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi maxsus bo‘linmasi mamlakatning sobiq rahbari Almazbek Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazgandi. Dastlabki urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Operasiya davomida 15 kishi yaralandi, maxsus bo‘linma jangchisi olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Kiritildi: 08:28 08.08.2019. O'qildi: 2165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!