Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston TIV Qatarga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston TIV Qatarga ta’ziya yo‘lladi

G‘azo bo‘yicha muzokaralarga ketayotgan Qatar diplomatlari 11 oktyabr kuni Sharm ash-Sheyx shahrida (Misr) avariyaga uchradi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qatar delegasiyasining 3 a’zosi halok bo‘ldi.

Hodisa G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralarda qatnashgan Qatar delegasiyasi a’zolari bilan sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar o‘tkazilayotgan Sharm ash-Shayx shahridan 50 km uzoqlikda ro‘y bergan voqea oqibatida qatarlik uch nafar diplomat — Abdulla bin G‘onim al-Xayrin, Hasan al-Jobir va Saud bin Tamir as-Saniy halok bo‘lgan, yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Masraviy axborot portaliga ko‘ra, avtohalokat Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abduraxmon Ol Soni ishtirokidagi kortej tarkibida sodir bo‘lgan. Ular Isroil va HAMAS o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarda vositachi sifatida qatnashgan.

"Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qatar Davlati Amiri Devoni xodimlaridan uch nafari fojiali tarzda halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Qatar Davlati Hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Shuningdek, ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz", deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 20:53 12.10.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!