Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina davlat sifatida yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin

A A A
Ukraina davlat sifatida yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin

Harbiy harakatlar hududidagi vaziyat Ukrainaning davlat sifatida yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin, deya fikr bildirdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Belarus yetakchisining ta’kidlashicha, u har kuni Rossiya Qurolli kuchlari frontda faol olg‘a siljiyotganini kuzatmoqda. Lukashenko Ukraina muzokaralar uchun tez harakat qilish kerakligini qayd etdi.

“Bu Ukrainaning davlat sifatida yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, - dedi siyosatchi “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina mojarosini hal qilish muammosi Vladimir Zelenskiyda.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina armiyasi butun front bo‘ylab chekinayotganini, Rossiya armiyasi esa 5 ming kv. km. va 219 ta aholi punktini nazoratga olganini aytgan edi.

Kiritildi: 22:00 12.10.2025. O'qildi: 4177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!