Yaqin haftalarda Xitoyning AQSh bilan savdo urushini boshlash niyati bor yoki yo‘qligi ayon bo‘ladi, deya ma’lum qildi AQSh vise-prezidenti.
Jey Di Vensning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Trampning Xitoy bilan savdo nizolarida bosim o‘tkazish vositalari Pekinnikiga nisbatan ko‘proq.
"Shu bilan birga, AQSh prezidenti Pekin oqilona yondashsa, Xitoy bilan savdo masalalarida mantiqqa asoslangan holda harakat qilishga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi vise-prezident.
Avvalroq, Xitoy Savdo vazirligi AQShning yangi bojlariga keskin munosabat bildirib, bu harakatni “ikkiyoqlama standartlarning yaqqol namunasi” deb atagan edi