Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Metan “zapravka”larga yana limit qo‘yildimi?

Metan “zapravka”larga yana limit qo‘yildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “metan zapravkalarga limit qo‘yilmoqda” mazmunidagi xabarlar yuzasidan “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz.

“Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz ta’minoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida texnik-profilaktika ishlari amalga oshirilgan. Ta’mirlash ishlari olib borilgan vaqtda gaz bosimi pasaygani sababli ayrim metan zapravkalar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan”, deyiladi “Hududgazta’minot” AJ xabarida.

Ta’kidlanishicha, hozirda respublika bo‘yicha metan “zapravka”lar belgilangan tartibda faoliyat yuritmoqda. Tabiiy gaz ularga gaz ta’minoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda.

“Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on yoki tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatish orqali aholi orasida sarosima va shubha uyg‘otish holatlari qonun bilan taqiqlangani hamda bunday xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilangani eslatib o‘tiladi”, deyiladi xabarga qo‘shimcha ravishda.

Kiritildi: 21:03 12.10.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!