Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Afg‘onistonning javob operasiyasida 58 nafar Pokiston askari yo‘q qilindi — Zabihulloh Mujohid

Afg‘onistonning javob operasiyasida 58 nafar Pokiston askari yo‘q qilindi — Zabihulloh Mujohid

“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid kecha tunda o‘tkazilgan operasiya davomida pokistonlik askarlardan 58 nafari halok bo‘lgani va yana 30 nafari yaralanganini ma’lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Dyurand chizig‘i bo‘ylab amalga oshirilgan javob operasiyalari paytida Pokiston harbiylarining bir qancha qurol-aslahalari ham qo‘lga kiritilgan.

U, o‘z navbatida, 9 nafar afg‘on askari ham halok bo‘lgani va 16 nafari yaralangani, shuningdek, Pokistonning 20 ta xavfsizlik posti yo‘q qilinganini aytdi.

Pokiston tomoni hozircha Zabihulloh Mujohidning bayonotiga munosabat bildirmadi.

Kiritildi: 17:31 12.10.2025. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!