Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iz deputati Abdulla Aripovga javob qaytardi: "Bir metr yerimizni ham bermaymiz!"

Qirg‘iz deputati Abdulla Aripovga javob qaytardi: "Bir metr yerimizni ham bermaymiz!"

Qirg‘iz ommaviy axborot vositalarida siyosatchi Qamchibek Tashiyevning Ӯzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga javobi e’lon qilindi. Unda shunday deyiladi:

"Hurmatli xaloyiq!

2020 yil 1 iyun kuni Ӯzbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripovning Sӯx qishlog‘i aholisi bilan bӯlgan yig‘ilishda aytgan sӯziga men javob berishga qaror qildim, chunki bunga hukumatimizning javob berishga kuchi yetmaydiganga ӯxshaydi. Qirg‘izistonda davlat, yer va mulk egasi qirg‘iz eli, men esa mana shu elda yashovchi turg‘unman.

Qӯshni Ӯzbekiston Respublikasining hukumat boshlig‘i janob A.Aripov, bilib va tushunib oling:

1. "Chechme" (Chashma) qishlog‘idagi buloq Qirg‘iziston hududida joylashgan. Shu sababli biz qӯshni davlat turg‘unlariga ӯzaro kelishuv orqali buloqdan foydalanishga ruxsat bera olamiz.
2. Sӯx qishlog‘i aholisiga suv, yer yetishmasligiga ushbu hududda yashab kelayotgan aholining tezkor sur’atlarda kӯpayayotganligi sabab bӯlmoqda, ularning kӯpayayotganini inobatga olib biz suvimizni, yerimizni ularga bera olmaymiz, chunki ӯzimizga ham yetmaydi. Agar ortiqcha yeringiz bӯlsa Ӯzbekistonga kӯchirib olib keting, biz esa bir metr yerimizni ham bermaymiz!
3. Biz Ӯzbekiston xalqini, davlatini hurmat qilamiz hamda ӯzaro murosaga kelib yashash burchimiz!
4. Sӯx-Rishton yӯlini ochish bӯyicha hech qanday yuridik hujjatni kӯrmaganmiz. U holda nima uchun Qorasuv tumani hududida joylashgan Qirg‘izistonning  Barak qishlog‘ini tӯla blokada qilib yӯq qildingizlar, Qirg‘izistondan chiqqan buloq suvini Xudo bergan suv deb aytibsiz, unda Ӯzbekistondan chiqqan gazni ham shu tariqa bizga bepul beringlar.
5. Biz o‘zbek davlati bilan Xudo qӯshgan qӯshnimiz, shu sababli hukmronlik qilish siyosati har ikki davlatga yaxshilik olib kelmaydi. Hurmat bilan Tashiyev". 

Ilohim, oxiri baxayr bӯlsin. Qardosh ӯzbek-qirg‘iz xalqining osoyishtaligiga, ahilligiga hech qachon darz ketmasin!

Manba: azon.uz

Kiritildi: 19:09 04.06.2020. O'qildi: 15858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!