Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Qidiruvdagi “ EXEED LX PREMIUM” avtomashinasi topildi

Qidiruvdagi “ EXEED LX PREMIUM” avtomashinasi topildi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan “EXEED LX PREMIUM” rusumli avtotransport vositasi Andijon shahar hududidan topildi.

Bugungi kunda har qanday qarz garovga asoslanishi taqozo etilmoqda. Qarz oluvchi shartnomadagi majburiyatini bajarmasa sud undiruvni garov mulkiga qaratadi.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi sudning ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, unda “ZIRAAT BANK UZBEKISTAN” AJ foydasiga qarzdor N.X.dan jami
301,8 mln. so‘m kredit qarzini undirish hamda undiruvni javobgarga tegishli “ EXEED LX PREMIUM” rusumli avtotransport vositasiga qaratilishi ko‘zda ko‘rsatilgan.

Qarzdorlikni undirish maqsadida ijro harakatlari davomida garovdagi qarzdorga tegishli “ EXEED LX PREMIUM” avtomashinasiga taqiq o‘rnatilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari hamda IIB YHXX bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida qidiruvdagi avtomashina Andijon shahridan topildi. Avtomashina xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.

Kiritildi: Bugun 19:28. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!