Hormuz bo‘g‘ozi faqat Eronga qarshi harbiy operasiyalarda ishtirok etayotgan tomonlarning kemalari uchun yopiq.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bu haqda fransuz hamkasbi Jan-Noel Barro suhbatlashganida ma’lum qildi.
"Ushbu suv yo‘li Eronga qarshi harbiy tajovuzda ishtirok etayotgan tomonlarning kemalari uchun yopiq va bu qaror xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan bo‘lib, Hormuz bo‘g‘ozidan Eronga qarshi noqonuniy hujumlar amalga oshirish uchun suiiste’mol qilinishining oldini olishga qaratilgan", dedi u.
Arag‘chi boshqa davlatlarga tegishli kemalarning harakati Eronning vakolatli organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini ta’kidladi.
"Qo‘shma Shtatlar, Isroil va ularning tarafdorlari, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashining Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatga oid har qanday provokasion harakatlari vaziyatni yanada murakkablashtiradi", deb ta’kidladi u.