28 mart kuni Mashhad aeroportida gumanitar yordam olib ketayotgan fuqarolik samolyoti AQSh va Isroil havo hujumlari natijasida urib tushirildi.
Bu haqda Eron fuqarolik aviasiyasi tashkiloti bayonot berdi.
"Fuqaro aviasiyasi tashkiloti Mashhad ayeroportiga qo‘nayotgan fuqarolik samolyotiga AQSH-Isroil hujumini qattiq qoralaydi, u boshqa mamlakatlardan Eronga dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berayotgan edi", deb ta’kidlangan bayonotda.
Unda gumanitar yordam olib ketayotgan fuqarolik samolyotini nishonga olish xalqaro huquqning jiddiy buzilishi ekanligi ta’kidlangan. Tashkilot shuningdek, barcha xalqaro tashkilotlarni ushbu harakatni qoralashga va barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.