Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qibrayda jomadondan Oliy sudning sobiq xodimining murdasi topildi

Qibrayda jomadondan Oliy sudning sobiq xodimining murdasi topildi

Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozmoqda "human.uz".

Xabarga ko‘ra, shu yilning 8 avgust kuni kechga yaqin Qibray tumani IIBga «Qodiriya GESlar Kaskadi» unitar korxonasi 11-sonli GESining 2-avankamerasida sayohat chemodaniga inson jasadi tiqib qo‘yilgani haqida xabar kelib tushadi.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda, darhaqiqat, yarim ochiq holatdagi «BIAHao» sayohat chemodani ichida sochlariga oq oralagan erkak kishining jasadi borligi ma’lum bo‘ladi.

Murdani ko‘zdan kechirish davomida uning badanida tan jarohati va undan qolgan izlar aniqlanmagan. Shimining cho‘ntagidan jami 410 000 so‘m miqdorda naqd pul topilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida murdaning shaxsiga oydinlik kiritilgan: u 1968 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan SH.A. ekani aniqlandi. (Marhum ilgari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ta’minotchi vazifasida ishlagani aytiladi).

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, SH.A. shu yilning 7 avgust kuni ertalab uyidan «Gentra» rusumli avtomashinasida Toshkent shahridagi Respublika Shoshilinch tez tibbiy klinik (sobiq 6-sonli) shifoxonasiga chiqib ketgan.

Mazkur transport vositasini aniqlash bo‘yicha «To‘sib ushlash» tadbiri e’lon qilinib, transport vositasi qayerda ekanligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Bo‘stonliq tumani sud tibbiy ekspertiza bo‘linmasining birlamchi ma’lumotnomasida marhum SH.A. «bo‘yin a’zolari to‘mtoq jism ta’sirida siqilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya»dan vafot etgani qayd etilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida Toshkent viloyat IIBB, Toshkent shahar IIBB hamda tuman IIB xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tashkil etilib, tergov hamda tezkor-qidiruv harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura ma’lumotida.

Kiritildi: 12:08 10.08.2020. O'qildi: 8359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!