Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qayta qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan “Moʻjiza honeymoon” MCHJ rahbari javobgarlikka tortildi

Qayta qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan “Moʻjiza honeymoon” MCHJ rahbari javobgarlikka tortildi

Raqobat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan “Moʻjiza honeymoon” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atib, natijada moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.

Qayd etilishicha, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan “Moʻjiza honeymoon” MCHJ rahbariga berilgan ko‘rsatma ijrosi ta’minlanmagan va ushbu reklamalar berilishi davom etilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan qayta qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygani uchun “Moʻjiza honeymoon” MCHJ rahbariga nisbatan ma’muriy chora qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar tegishli sudga yuborilib, sudning hal qiluv qarori bilan ma’muriy javobgarlik tayinlandi.

Kiritildi: 04:35 08.03.2025. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!