Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

«Qayrat» Chempionlar ligasida mutlaq rekord o‘rnatadi

«Qayrat» Chempionlar ligasida mutlaq rekord o‘rnatadi

Almatining «Qayrat» klubi UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichida noyob natija qayd etadi, deb xabar berdi Sports.kz.

Qozog‘iston klubini turnir tarixidagi eng uzoq safar kutmoqda. Lissabonning «Sporting»iga qarshi mehmondagi bahs uchun «Qayrat» 7000 kilometr masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu Chempionlar ligasi klublari tarixidagi eng uzoq parvoz sifatida qayd etiladi.

Almatiliklar uchun bu mavsum Yevropa klub musobaqalarining asosiy bosqichida debyut hisoblanadi. «Qayrat»ning umumiy bosqichdagi raqiblari — Ispaniyaning «Real»i, Belgiyaning «Bryugge»si, Gresiyaning «Olimpiakos»i, Kiprning «Pafos»i, Italiyaning «Inter»i, Angliyaning «Arsenal»i, Portugaliyaning «Sporting»i va Daniyaning «Kopengagen»i.

Kiritildi: 09:09 29.08.2025. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!