Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Qayrabsoldi, Jinhaydar: Qashqadaryodagi ko‘cha nomlari nega buncha xunuk?

A A A
Qayrabsoldi, Jinhaydar: Qashqadaryodagi ko‘cha nomlari nega buncha xunuk?

Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda joylashgan jami 15704 ta ko‘chaning 3 mingtasiga nom berilmagan. 10523 tasining nomi tasdiqlanmagan.
Bu ma’lumotlar bugun O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Joriy yilning 20 fevral kuni «Tashqi reklamalar bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qanday ishlar bajarilishi kerakligi muhokama etildi.

Qayd etilishicha, ko‘chalarga nom berilmasligi qatorida berilgan nomlarning ayrimlari ma’noni anglatmasligi tanqid ostiga olingan.
Shuningdek, shahar va tuman markazlarida o‘rnatilgan tashqi reklamalar boshqa tilda yozilishi, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilayotganligi misollar bilan aytib o‘tildi.

Qashqadaryo viloyatidagi qishloq va ko‘chalarga nom berilishi xususida bir nechta misol:

Qamashi tumanidagi Qo‘yi yangi ko‘chasi, G‘uzor tumanidagi «Jinhaydar» qishlog‘i, Chiroqchi tumanidagi «Chuvilloq» qishlog‘i, Yakkabog‘dagi «Qayrabsoldi», «Qutantepa» nomlari qanday ma’noni anglatadi? Ba’zi manbalarda  Yakkabog‘dagi Qayrabsoldi ham aslida Qayrasonli bo‘lib, kenagas qavmining bir shoxini anglatadi deb aytilgan.
Aslida mahalla, ko‘cha va joylarni nomlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Qashqadaryodagi jami 15704 ta ko‘chaning 10523 tasi ya’ni 67 foizining nomi tasdiqlanmagan.

Hududlar kesimida Chiroqchi tumanidagi 3 mingga yaqin ko‘chaning 14 tasining nomi tasdiqlangan bo‘lsa, Shahrisabz tumanidagi ko‘chalarning atigi 2 tasi qaror bilan tasdiqlangan xolos.

Bu ko‘rsatkich Dehqonobod va Qamashi tumanlarida ham achinarli ahvolda.

Bosh vazir o‘tkazgan yig‘ilishdan so‘ng, Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashqi reklamalarni tartibga solish va qishloq, mahalla, ko‘chalarga nom berish masalasida tegishli mutasaddilarga topshiriq berdi.

Manba: nnews.uz

Kiritildi: 16:47 09.03.2020. O'qildi: 8293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik