Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Buyuk Britaniya dengiz savdo amaliyotlari boshqarmasi (UKMTO) Qatarning Doha shahridan 23 dengiz mili shimoli-sharqida harakatlanayotgan yuk kemasiga noma’lum snaryad kelib urilganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida kichik yong‘in kelib chiqqan va u o‘chirilgan. Kema kapitani qurbonlar yo‘qligi va atrof-muhitga zarar yetkazilmaganligi haqida xabar bergan

Hozirda hukumat snaryad manbasini o‘rganmoqda. Hududdagi kemalarga ehtiyotkorlik bilan harakatlanish tavsiya etildi. Kemalar har qanday shubhali harakatlar haqida UKMTO’ga xabar berishlari lozim deyiladi xabarda.

Voqea tafsilotlari, jumladan, snaryad turi va ehtimoliy aybdor hali aniqlanmagan. Kemaning kimga tegishliligi va tashilayotgan yukning xususiyati haqida ham ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!