OFK Jahon chempionati saralashi 4-bosqich o‘yinlari Qatar va Saudiya Arabistonida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
JCh 3-saralash bosqichida 3 va 4-o‘rinlarni egallagan oltita jamoa – Indoneziya, Iroq, O‘mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA markazlashtirilgan formatda ikki guruhga bo‘linadi.
O‘yinlar 2025 yil 8 oktyabrdan 14 oktyabrgacha Qatar va Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Rasmiy qur’a tashlash marosimi 2025 yil 17 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.