Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Qatar TIV: “Eronning hujumlari Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan munosabatlarga putur yetkazmoqda”

Qatar TIV: “Eronning hujumlari Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan munosabatlarga putur yetkazmoqda”

Eronning arab davlatlariga hujumlari Fors ko‘rfazi mintaqaviy davlatlar bilan munosabatlarga jiddiy zarar yetkazmoqda.

Bu haqda Qatar tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Muhammad al-Xulayfiy Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mintaqaviy davlatlar Eronning dushmani bo‘lmasa-da, Tehron Qatar hududini ham o‘z ichiga olgan holda raketa hujumlarini davom ettirmoqda.

"Bu Eronga hech qanday foyda keltirmaydi va aslida uzoq yillik tarixiy munosabatlarga juda katta zarar yetkazadi", dedi diplomat.

Al-Xulayfiy Qatar so‘nggi daqiqagacha turli diplomatik kanallar orqali inqirozni jilovlashga va urush boshlanishining oldini olishga harakat qilganini ta’kidladi.

U shuningdek, so‘nggi kunlarda energetika, aviasiya va savdo ob’ektlari kabi fuqarolik infratuzilmasiga ta’sir qila boshlagan zarba nishonlari doirasining kengayishidan xavotir bildirdi.

Shu bilan birga, Qatar tashqi ishlar vazirligi vakili Doha Eron atrofidagi mojaroni diplomatik va tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirishda davom etayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!