Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda tut daraxtini kesgan fuqaro jarimaga tortildi

Qashqadaryoda tut daraxtini kesgan fuqaro jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Shahrisabz Shahar “To‘ron“ MFY “Farg‘ona“ ko‘chasi 88-uyda yashovchi fuqaro (N.A) tomonidan ruxsatsiz yo‘lning muhofaza qismidan 30 sm o‘lchamdagi tut daraxtini noqonuniy ravishda kesib olganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mjtkning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 375 ming so‘m jarima hamda 33 ming 750 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanildi.

Kiritildi: 12:59 06.02.2025. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!