Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindiston "taktikasini o‘zgartirdi"

Hindiston "taktikasini o‘zgartirdi"

Hindiston may oyi boshida Pokiston bilan to‘qnashuvning dastlabki kunida havo janglarida yo‘qotishlarga uchragach, "taktikasini o‘zgartirdi".

Bu haqda Hindiston mudofaa shtabi boshlig‘i general Anil Chauxan Reutersga ma’lum qildi, biroq yo‘qotilgan samolyotlar sonini aytmadi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ilgari Pokiston armiyasi Hindistonning oltita qiruvchi samolyotini urib tushirganini ta’kidlagan edi.

"Muhimi, bu yo‘qotishlar nima sababdan yuz bergani va biz bundan keyin nima qilishimizdir. Biz taktikamizni o‘zgartirdik va 7, 8 hamda 10 may kunlari Pokiston ichkarisidagi aviabazalarga zarba berish uchun ko‘proq samolyot yubordik hamda ularning butun havo mudofaasini yorib o‘tdik,"
dedi Chauxan Singapurdagi xavfsizlik forumi doirasida.

Kiritildi: 21:23 31.05.2025. O'qildi: 3274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!