Sumi viloyatida yana 11 ta aholi punkti aholisi majburiy evakuasiya qilinishi kerakligi haqida viloyat harbiy ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Sumi viloyati davlat ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov Sumi tumanidagi yana 11 ta aholi punkti aholisini majburiy evakuasiya qilish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi," deya xabar berildi Telegram-kanalda.
Xususan, Gorobovka, Shtanovka, Voronovka, Yanchenkov, Tsimbalovka, Shkuratovka, Krovnoye, Nikolayevka, Rudnovka, Spasskoye va Kapitanovka aholisi evakuasiya qilinadi.