Bu hafta Vladimir Zelenskiy jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi, deb yozadi Germaniyaning Bild gazetasi sharhlovchisi Yulian Ryopke.
"Zelenskiy haftaligi qora rangda yakunlanmoqda!" - deyiladi maqola sarlavhasida.
Ryopke hozirgi vaziyatni salbiy baholashga yordam beradigan ikkita asosiy omilni ko‘rsatdi.
Birinchidan, Ukraina uzoq masofali Taurus raketalarini olmagan, bu esa uning imkoniyatlarini cheklaydi, ikkinchidan, Rossiya qo‘shinlarining frontda faol harakatlanishi kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari hozirda Rossiya armiyasining hujumini to‘xtata olmaydi. Sharhlovchi, shuningdek, Sumidagi ayniqsa jiddiy vaziyat haqida gapirdi.