Ukraina harbiy xizmatchilari Kursk yo‘nalishida o‘n nafar rossiyalik harbiyni asirga olishdi.
Bu haqda 31 may shanba kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining Desant-hujum qo‘shinlari qo‘mondonligi xabar berdi.
"Desantchilar qo‘shni bo‘linmalar bilan hamkorlikda Kursk yo‘nalishida Rossiya armiyasi harbiy xizmatchilarini yana asirga olishdi. Rossiya Federasiyasi hududidagi o‘z bo‘linmalarida ularga nisbatan shafqatsiz munosabat, ruhiy tazyiq va tahdidlar qo‘llanilgan," - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, asirlarga zarur tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatildi. Ularni keyinchalik Rossiya asirligidagi ukrainalik harbiylar bilan almashtirishda foydalanish mumkin.
O‘tgan hafta Ukraina va Rossiya uch marta asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Umuman olganda, 1000 nafar harbiy va fuqaro o‘z uylariga qaytdi.