Yozgi keng miqyosli hujumni boshlagan Rossiya armiyasi atigi bir hafta ichida Ukrainaning 18 ta aholi punktini bosib olib, qariyb 200 kvadrat kilometr hududni qo‘lga kiritishga erishdi.
Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar bermoqda va rossiyaliklar Donetsk, Xarkov va Sumi viloyatlarida eng faol harakat qilayotganini ta’kidlamoqda.
Nashr aniqlashtirganidek, Sumi viloyatida rossiyaliklar 23 maydan beri Vladimirovka, Belovodi va Loknya shaharlarini bosib olgan. Xarkov viloyatida shu muddat ichida Rossiya Stroyevka qishlog‘ini egalladi. Donetskda esa so‘nggi yetti kun davomida Ridkodub, Zorya, Romanovka, Pravdivka, Gnativka, Malinovka, Yelizavetinka, Troitskoye, Bogdanovka, Otradnoye, Bogatir, Vilne Pole, Zelene Pole va Novosilka qishloqlari Rossiya nazoratiga o‘tdi.
"Ayniqsa, Ukrainaning eng shimoli-sharqidagi Sumi viloyatida vaziyat juda og‘irlashdi. Rossiya qo‘shinlari u yerda Putinning "bufer zona" yaratish to‘g‘risidagi farmoyishidan so‘ng hujumga o‘tdi," - deya ta’kidlaydi nashr.