Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Blogerlar va san’atkorlar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha sud qaror chiqardi: 6-huquqbuzarga nisbatan esa 10 sutka qamoq jazosi berildi.

A A A
Blogerlar va san’atkorlar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha sud qaror chiqardi: 6-huquqbuzarga nisbatan esa 10 sutka qamoq jazosi berildi.

“JAR” stadionida janjallashgan san’atkor va blogerlar jazolandi.

Toshkentdagi “JAR” stadionida san’atkorlar va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilgan LikeCup futbol musobaqasi chog‘ida jamoat tartibini buzgan ishtirokchilarga sud tomonidan chora ko‘rildi.

Blogerlar va san’atkorlar o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy janjal yuzasidan loyiha tashkilotchilari hamda sahnalashtiruvchilar va ishtirokchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. To‘plangan materiallar asosida tuman sudiga murojaat qilindi.

Sud tomonidan 6 nafar huquqbuzarga jazo tayinlandi: otarchi va vaynerlarning 4 tasiga BHM 10 baravari, bittasiga 12 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Oltinchi huquqbuzarga nisbatan esa 10 sutka qamoq jazosi berildi.

Huquqbuzarlar orasida mashhur aktyor, bloger va so‘z ustalari ham borligi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 09:36 01.06.2025. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!