Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda Soliq idorasining poraxo‘r mansabdorlari qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda Soliq idorasining poraxo‘r mansabdorlari qo‘lga tushdi

Qamashi tumanida yashovchi, 1981 y.t. muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamaganligi sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MCHJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MCHJ rahbaridan 4000 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro oldindan 3000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:05 16.06.2025. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!