Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda quyosh panellari o‘rnatganlarga 11 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan

Qashqadaryoda quyosh panellari o‘rnatganlarga 11 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 35 mingdan ziyod jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153,6 mlrd so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyati (42,6 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (22,4 mlrd so‘m) Buxoro viloyatiga (15,3 mlrd so‘m) va Qashqadaryo viloyatiga 11,8 mlrd so‘m) to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 apreldan xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatganlarga ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kiritildi: 18:59 08.11.2025. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!