Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi kaltaklashi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi kaltaklashi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘gay onaning urishi oqibatida bolaning vafot etgani haqidagi xabarlar yuzasidan mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S. turmush o‘rtog‘i, 1988 yilda tug‘ilgan N.A. bilan o‘zaro nizolashib, uning 2022 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi O.SH.ni urgan. Oqibatda bola bosh qismidan jiddiy jarohat olgan.

Bolaning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, shu kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 27 sentyabr kuni tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-moddasi 8-qismi «g» bandi — oilaviy zo‘ravonlik oqibatida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

I.S. JPKning 221-moddasiga asosan gumonlanuvchi sifatida prosessual tartibda ushlangan.

Mazkur jinoyat uchun 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Bolalar ombudsmani ushbu jinoyat ishi yuritilishi ustidan nazoratni davom ettirishini ma’lum qildi. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Shuningdek, 2 oktyabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qonunga ko‘ra, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kiritildi: 13:59 03.10.2026. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!