Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Qashqadaryoda 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, fuqaro T.Z.ga tegishli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, hisoblagichdan tashqari tarzda elektr energiyasi iste’mol qilib kelgan.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq huquqiy choralar ko‘rish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Mutasaddilar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi nazorat tadbirlari davom ettirilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 18:41. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!