Ijtimoiy tarmoqlarda xalqimizning sevimli so‘z ustasi Shukurillo Isroilov Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur xabar yuzasidan Madaniyat vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Bugun, 21 avgust kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahrida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan soha vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish doirasida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Baxromov Bekzod Baxrom o‘g‘li Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, xalqimizning sevimli so‘z ustasi Isroilov Shukurillo Axmadqulovich Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.