Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Sakkiz marta o‘lim jazosi ijro etilishidan qutulib qolgan AQShning eng keksa mahbusi 101 yoshida vafot etdi

Sakkiz marta o‘lim jazosi ijro etilishidan qutulib qolgan AQShning eng keksa mahbusi 101 yoshida vafot etdi

Sakkiz marta o‘lim jazosi ijro etilishidan qutulib qolgan AQShning eng keksa mahbusi 101 yoshida vafot etdi — BBC.

Frensis Klifford Smit 1950 yilda qotillik uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Qamoqdagi 75 yil davomida uni sakkiz marta qatlga tayyorlashgan, biroq har safar turli sabablarga ko‘ra hukmni ijro etish qoldirilgan.

"Smit umrining oxirigacha o‘z aybini inkor etdi. Keyinchalik guvohlar o‘z ko‘rsatmalaridan voz kechishgan, boshqa bir mahbus esa qotillikni bo‘yniga olgan, ammo Smit baribir oqlanmagan. Uning o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:48 21.08.2026. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!