Sakkiz marta qatldan qutulib qolgan AQShdagi eng keksa mahbus 101 yoshida vafot etdi, — BBC.
Frensis Klifford Smit 1950 yilda sodir etilgan qotillik uchun sudlangan. U 75 yil davomida qamoqda saqlandi va sakkiz marta qatlga tayyorlandi. Ammo har safar hukm ijrosi keyinga qoldirildi.
Smit umrining oxirigacha o‘z aybini tan olmadi. Keyinchalik guvohlar o‘z ko‘rsatmalaridan voz kechishdi, boshqa bir mahbus esa qotillikni sodir etganini tan oldi. Ammo Smit shunga qaramay oqlanmadi: unga tayinlangan o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirildi.