O‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev hamda yengil vazn toifasida Qozog‘istonning Octagon League tashkilotida sobiq chempion bo‘lgan hamyurtimiz Doston Bozorov ayni kunlarda AQShda bo‘lib turishibdi.
Ro‘ziboyevning Instagram sahifasiga joylagan suratidan bilish mumkinki, sportchilarimiz armanistonlik mashhur UFC jangchisi Arman Sarukyan bilan baliq oviga chiqishdi.
Ta’kidlash joiz, Sarukyan ko‘plab o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustalari bilan yaxshi aloqada.