Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Dahshat! Xitoyda ota-onalar o‘z farzandlarini majburiy mehnat lagerlarida yubormoqda

Dahshat! Xitoyda ota-onalar o‘z farzandlarini majburiy mehnat lagerlarida yubormoqda

Xitoyda bolalar uchun mehnat lagerlari ommalashmoqda — ota-onalar buning uchun katta miqdorda pul to‘lashmoqda. Maktab o‘quvchilari qishloq joylariga yuborilib, u yerda qo‘l mehnati va hayotning og‘ir haqiqati bilan tanishtiriladi. Erkatoy bolalarga kartoshka qazish, daraxtlarning po‘stlog‘ini tozalash, o‘tin yorish va cho‘chqalarni parvarishlashga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, ulardan smartfon va boshqa gadjetlar ham olib qo‘yiladi.

Bola o‘z yashash sharoitini faqat barcha topshiriqlarni to‘liq bajargan taqdirdagina yaxshilashi mumkin. Agar u vazifalarni uddalay olmasa, jazolanishi va ovqati faqat bitta taom bilan cheklanishi mumkin. Bunday lagerda bir oylik kurs narxi 10 ming yuandan (taxminan 120 ming rubldan) ko‘proq turadi.

Ota-onalarning fikricha, bunday sharoitlar bolalarda temir intizomni shakllantiradi, ularga o‘z qulayliklarini va boshqalarning mehnatini qadrlashni o‘rgatadi.

Kiritildi: 19:05 21.08.2026. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!