Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.N. “Istiqbol” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 1 813 dona qalbaki aksiz markalar, 1 064 dona qopqoqlar, 550 dona qopqoq sellofanlari, 484 dona bo‘sh shisha idishlar, 120 litr spirt va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.