Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida Muborak tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.K. 1897–1901 yillarda Rossiya imperiyasida chiqarilgan, “Nikolay II” yozuvi tushirilgan 10 dona qadimiy oltin tangani fuqaro SH.H.ga 71 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu oltin tangalarning umumiy sof vazni 42,74 grammni tashkil etib, ular qimmatbaho oltin qotishmasidan tayyorlanganligi tasdiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.