Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryo viloyatida alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlayotgan sex aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlayotgan sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.M. “Zargarlik” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 952 dona qalbaki aksiz markalar, 4 232 dona QR-kod va turli nomdagi yorliqlar, 360 dona bo‘sh shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:20 26.04.2025. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!