Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.S. fuqaro B.T.ga 3 700 AQSh dollarini 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Jondor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.B. fuqaro U.Q.ga 3 400 AQSh dollarini 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Karvon bozori” savdo markazida fuqaro D.A. fuqaro G.B.dan 3 300 AQSh dollarini 42,5 so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:33 26.02.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!